08 fev 16:20
Yangiliklar
Yunon-rum kurashchilarimiz Minskka jo'nab ketishdi
Ravshan Ro'ziqulov shogirdlari mashhur «Stayki» sport majmuasida mashg'ulot o'tkazishadi. Kuniga ikki mahaldan belgilangan mashg'ulotlarda 12 nafar «klassik» kurashchilarimiz ishtirok etadi. Minsk yig'ini 24 fevral kuni yakuniga etadi. Belarusdagi mashg'ulotlar 25 fevral - 1 mart kunlari Kiev shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Malumot uchun, hozirda uch nafar yunon-rum kurashchimiz - Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ega. Qolgan kurashchilarimiz Qozog'iston va Bolgariyada o'tkaziladigan licenzion turnirlarda ushbu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun gilamga chiqishadi.
MINSKKA YO'L OLGAN DELEGACIYA TARKIBI:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-60 kg: Islomjon Bahromov, Muhammadqodir Yusupov
-63 kg: Elmurat Tasmuratov
-67 kg: Mahmud Baxshulloev, Mirzobek Rahmatov
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov, Bilan Nagliev
-87 kg: Rustam Assakalov
-97 kg: Jahongir Turdiev
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev
Murabbiylar:
Ravshan Ro'ziqulov
Rustam Qudratov
Zaza Silagadze
SHifokor: Elena Abaeva
Massajchi: Uzrob Tursunaliev
O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar