27 mar 10:54
        Yangiliklar	
	 
				Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatining ikkinchi kunini ikkita kumush, umumiy hisobda esa musobaqani 6 ta medal bilan yakunlashdi
Musobaqaning kechagi kungi bellashuvlari doirasida O'zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili gilamga chiqdi va yakunda 2 ta kumush medali qo'lga kiritildi.
-60 kg vaznli Alisher G'aniev final bellashuvida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Se Ung Riga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, -72 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Abdullo Aliev eronlik Seyed SHamsollax Soxrabi oldida ojiz qoldi.

Nozimjon Boyqo'ziev (-67 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) esa bronza medallari uchun kechgan bahslarda raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. -97 kg vazndagi Behruz Barnoev musobaqani chorak finalda tark etdi.

SHu tariqa, musobaqaning ikkinchi kunini 2 ta kumush medali bilan yakuniga etkazdik. Rustam Assakalov shogirdlari qita birinchiligini umumiy hisobda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga etkazdi.
Bugundan musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi bahslar boshlanadi.
 
			
Fikrlar