13 okt 15:42
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchisi Aytjan Xalmaxanov BYD avtomobili va pul mukofoti bilan taqdirlandi
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi JCHda g'olib va sovrindor bo'lgan hamyurtlarimiz mukofotlandi.
13-21 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan dunyo birinchiligida vakillarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishgandi.
MOQda tashkil etilgan tadbir davomida 24 yillik tanaffusdan keyin JCH g'olibi bo'lgan ilk o'zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Aytjan Xalmaxanov BYD avtomobili hamda 15 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi.
Bronza medali sohiblari Abdullo Aliev, Umidjon Jalolov hamda G'ulomjon Abdullaev 3750 AQSH dollari miqdorida mukofot puliga munosib ko'rildi.
JCH vice-chempioni Alisher G'aniev esa nikoh to'yi munosabati bilan taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagani aytilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar