23 iyu 09:55
Yangiliklar
Tokio-2020
"Yuragim parchalandi". COVID-19 yuqtirgan birinchi sportchi Olimpiya o'yinlaridan chetlashtirildi
Organizmida koronavirus borligi aniqlangan Tokio (Yaponiya) Olimpiadasidan chetlatilgan birinchi sportchiga aylangan chililik taekvondochi Fernanda Agirre voqeaga izoh berdi.
"Men Yaponiyaga manfiy PCR sinovlari bilan keldim, kelgandan keyin mendan antigen uchun ekspress tekshiruvi olindi, u ijobiy natija berdi, keyin Olimpiya shaharchasida ular yana test oldilar va u yana ijobiy natija chiqdi. Ammo men va murabbiyimdan butun safar davomida natijalar salbiy chiqqan.
Men bu haqda Instagram orqali bilib qoldim, hech kim bu to'g'risida ogohlantirmadi, bu meni yuragimni parchaladi. Kuchli og'riq va qayg'u tuyg'usini qoldirdi", - deya Agirrening so'zlarini keltiradi R-Sport.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar