20 may 09:38
Yangiliklar

Yurgen Klopp murabbiylikka qaytmoqda, u SHomurodovga ustoz bo'lishi mumkin
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi "Roma" klubini boshqarish haqidagi taklifga rozilik bergan. Bu haqda "La Stampa" nashri xabar berdi. Manbaning keltirishicha, Klopp qarorni 18 may kuni qabul qilgan.
Malumotda Rim klubi yozgi transfer oynasida 6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi haqida ham malumot qo'shib ketilgan.
"Roma" Italiya A Seriyasi so'nggi turi oldidan 5-o'rinda bormoqda va oxirgi turda ECHLga ilinish uchun kurash olib boradi. Jamoaning ayni paytdagi ustozi Klaudio Raneri mavsum yakuniga etgach jamoa boshqaruvini tark etadi.
Klopp oxirgi jamoasi bo'lmish "Liverpul" bilan APL va ECHL bosh sovrinini boshi uzra baland ko'targan. Tez orada O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor SHomurodovni Klopp qo'lostida ko'rishimiz mumkin...
Italiya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>> A SERIYA
Fikrlar