29 avg 15:04
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" hujumchisi PSJ taklifini rad etdi
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich yozgi transferlar oynasida "Pari Sen-Jermen"ga o'tmaydigan bo'ldi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 33 yoshli hujumchi francuz klubi taklifini rad etgan. Manjukich transferlar oynasining oxirgi kunlarida jamoasini almashtirishni xohlamadi.
Xorvatiyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u kelajagi haqida qishda hotirjam qaror qabul qilgani maqul. Futbolchi yanvarda "Yuve"dan "Manchester Yunayted"ga yoki Xitoy klublaridan biriga o'tish ehtimoli katta.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar