15 avg 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Xabib bilan bir kunda jang qilishi mumkin
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov Yair Rodrigesga qarshi bekor bo'lgan jangini 24 oktyabr kuni o'tkazishi mumkin.
Bu haqida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov malum qildi.
“Yaqinlaring bilan bir kunda jang qilish doim qiyin. Lekin biz shunday qarorga keldik, Yaqin orada Maxachevga ancha kuchli raqib beriladi. Umar esa allaqachon kim bilan jang qilishi malum. SHuningdek, Zabit va Yair o'rtasidagi bekor bo'lgan jang ham 24 oktyabr kuni bo'lishi mumkin”,-dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Zabit va Yair o'rtasidagi jang 29 avgust kuni bo'lib o'tishi lozim edi, ammo Rodrigesning jarohati sababli bahs bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar