So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

03 apr 13:21
Yangiliklar

Qilichbozlik, O'q otish, Engil atletika, Boshqalar, Ot Sporti, Suv sporti turlari

Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston 1-ochiq chempionatining g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlanishdi

Teglar :  Beshkurash
O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi tomonidan joriy yilning 31 mart va 1-aprel kunlari zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston 1-ochiq chempionati o'tkazildi.


Keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tgan bellashuvlarda qariyib 20 nafar atletlar sportning besh yo'nalishi bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Beshkurashchilar o'rtasidagi qilichbozlik bellashuvlari Paxtakor markaziy stadionining Yoshlik sport zalida tashkillashtirildi. Matonatli sportchilar shu kunning o'zida keyingi bellashuvlarga kirishdilar va poytaxtimizdagi Yoshlik sog'lomlashtirish-sport kompleksi (sobiq NBU sport majmuasi)da musobaqaning  suzish,  yugurish va o'q otish bahslarida ochkolar jamlashga kirishdilar.

1 aprel kuni ishtirokchilar Ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabida otni bo'ysundirish bo'yicha o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar. Musobaqa yakunlangach, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasining faoliyati taqdimotiga bag'ishlangan marosimda federaciya Prezidenti Farruh Fazliev so'zga chiqib yig'ilganlarni qutladi va zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston 1-ochiq chempionatining g'oliblarini elon qildi.


Unga ko'ra umumiy bellashuvlarda Ruslan Proxorov oltin medalni qo'lga kiritdi. Ruslan Mamatkulov kumush va Elezavetta Karajan bronza medaliga munosib ko'rildi.



Takidlash lozim, Elezavetta Karajan ayollar yo'nalishi bo'yicha yagona ishtirokchi bo'lganligi bois ramziy manoda oltin medalga ham sazvor bo'ldi. SHuningdek barcha sportchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan namoyish etilgan musiqiy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag'ishladi.

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing