30 iyu 13:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Qilichbozlik, O'q otish, Engil atletika, Boshqalar, Ot Sporti, Suv sporti turlari			    
				 
				
			 
				Zamonaviy beshkurash. Sportchimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi qizg'in davom etmoqda. 
			
Bugun sportchilar konkur-ot bilan to'siqlardan sakrash va kombayn-yugurish va o'q otish bo'yicha bahslarga kirishdi. Qirg'iziston, Rossiya, Qozog'iston davlatlaridan jami 50dan ziyod kuchli sportchilar ishtirok etayotgan mazkur chempionatda o'zbekistonlik yosh sportchi Ruslan Mamatqulov xam muvaffaqiyatli ishtirok etmokda. Bishkek shahrida o'tkazilayotgan ushbu ochiq chempionatda g'olib bo'lgan beshkurashchilar yakunda Markaziy Osiyo kubogi sohibiga aylanadi.
O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi axborot xizmati
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar