13 iyu 16:49
Yangiliklar
Boshqalar
Zamonaviy beshkurashchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda
Misrning Iskandariya shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati start oldi.
16-iyulga qadar davom etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Hamyurtlarimiz bugun saralash bosqichidagi ishtiroklarini boshlashadi. Yigitlar o'rtasidagi bellashuvlarda Asliddin Baxtiyorov, qizlar bahsida Kira Soy hamda Samira Abzalova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Eslatib o'tamiz, yosh sportchilarimiz musobaqadan avval 22-iyun – 10-iyul kunlari ushbu shaharda o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashishdi. Mashg'ulotlarda ishtirok etgan terma jamoamizning qolgan azolari bugun tunda Toshkentga qaytib keldi.
Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar