08 may 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashev jangining bekor qilinishiga munosabat bildirdi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Zarrux Adashevning UFC'dagi jangi raqib Rayan Benoitning belgilangan vaznni bajara olmaganligi tufayli bekor qilindi.
UFC'chimiz esa bunga o'z munosabatini bildirdi:
"Mening Benoitga qarshi jangim bekor qilindi, u belgilangan vaznni bajara olmadi, ammo men u bilan har qanday vaznda kurashishga tayyorman. SHifokorlar unga qarshi jang qilishimga ruxsat berishmadi. Unga tezroq sog'ayib ketishini tilayman. Men bu jangga astoyidil tayyorgarlik ko'rdim, yuqori sport formada edim, lekin Allohning rejalari biznikidan yaxshiroqdir. Alhamdulillah, har qanday vaziyatda ham yaxshiroq tayyorlanaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat", - deya yozdi Adashev Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/zarrukh_adashev
Fikrlar