15 iyu 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashev: "Menga yangi shartnoma beriladi yoki chiqarib yuborishadi"
UFC'chimiz Zarrux Adashevning yangi jang sanasi va raqibi haqida xabar bergan edik.
Adashev yangi jangini anons qilib Instagram sahifasida post qoldirdi:
"Roppa-rosa bir yil oldin men UFC bilan shartnoma imzoladim va qisqa vaqt ichida u erda paydo bo'ldim, bir soat davomida hikoya qilib berish mumkin bo'lgan shuncha tarix bor. Bu jang shartnoma bo'yicha so'nggisi bo'ladi, demak, yo menga yangi shartnoma beriladi yoki chiqarib yuborishadi. Go'yo qafasda hayot yo'qdek kurashish va hamma narsamni shu qafas ichida qoldirishim kerak bo'ladi! In SHa Allah UFC'dagi birinchi g'alabam bilan barchani xursand qilaman", - deya yozadi sportchimiz.
Havola :
Manba : instagram.com/zarrukh_adashev
Fikrlar