07 iyu 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashevning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi
UFCdagi vakilimiz Zarrux Adashev 31 iyul kuni jang qilishi haqida avvalroq xabar qilgandik.
Sportchimiz Instagramdagi sahifasida 31 iyul kungi jangini Rayan Benuaga qarshi o'tkazishini malum qildi.
Aslida sportchilar 8 may kuni o'zaro jang qilishlari lozim edi. Ammo o'shanda Benua belgilangan vazn meyorini bajara olmagani sabab sog'lig'i yomonlashgan va jang bekor qilingandi.
Endilikda jangchilar 31 iyul sanasida o'zaro hisob-kitob qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar