24 dek 11:56
Yangiliklar

Zo'r xabar! Mahmud Muradov Konor bilan bir oqshomda jang qiladi + FOTO
Etiborga molik jihati shundaki, Mahmud Muradov ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan bir oqshomda oktagonga ko'tariladi. Irlandiyalik jangchi amerikalik sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi oktagona chiqadi. Bu Dastin uchun revansh jangi maqomida bo'ladi.
Demak, Mahmud Muradov 23 yanvar kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC promoushenidagi uchinchi jangini o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik Endryu Sanches bo'ladi. Aslida 32 yoshli Sanches 23 yanvar kuni braziliyalik Andre Munizga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Katta ehtimol bilan Muniz jarohat olgan yoki unda koronavirus aniqlangan. Sanches 12 ta g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Muradov 31 oktyabr kuni UFC Vegas 12 turnirida amerikalik Kevin Xollandga qarshi jang o'tkazishi lozim edi. Ammo, Muradovda koronavirus infekciyasi aniqlangani bois ushbu jang bekor qilingandi.
Fikrlar