30 sen 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra uchinchi raundda qochib yurganiga izoh berdi
Rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugov Hakim Daududan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
“Barchaga salom. Afsuski, faoliyatimdagi eng yomon jangimni o'tkazdim. Bunday jamoa bilan mag'lub bo'lishga haqqim yo'q edi, barchani xafa qildim. Nega qochib yurdim? CHunki dastlabki ikki raundni o'z hisobimga yozib qo'ydim deb o'ylagandim va shu sababli ham uchinchi raundda tavakkal qilmadim. Bo'lar ish bo'ldi, endi yanada kuchliroq bo'lib qaytishim kerak. Meni qiyin vaqtda qo'llab turganlarning barchasidan minnatdorman”, - dedi Zubayra.
Eslatib o'tamiz, UFC 253 kechasida Zubayra Hakimga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar