So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

09 mar 12:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Zuffa Boxing`ning ilk chempioni aniqlandi, u endi IBF kamaridan ayriladi

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida yangi tashkil etilgan Zuffa Boxing kompaniyasining ilk turniri bo'lib o'tdi.

Unda avstraliyalik mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 30 yoshli Jey Opetayya (30-0, 23 KO) amerikalik 34 yoshli Brendon Glenton (21-3, 18 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda Opetayya raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi va birinchi og'ir vaznda Zuffa Boxing chempionligini qo'lga kiritdi. 

IBF va The Ring kamarlariga ega bo'lgan Opetayya 119-106, 119-106, 119-106 hisobida g'alaba qozondi. O'n birinchi raundda hakam Opetayyani raqibni ushlab qolgani uchun jazoladi. Glentondan esa oltinchi va sakkizinchi raundlardagi qoidabuzarliklar uchu ochko olib tashlandi. 

G'alabadan so'ng Opetayya hali ham birinchi og'ir vazn toifasidagi unvonlarni birlashtirmoqchi ekanligi hamda 2 may kuni WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Xilberto Ramires va Devid Benavides o'rtasidagi jang g'olibi bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi.

IBF esa Opetayyaning chempionlik unvonidan mahrum qiladi. Garchi tashkilot avvalroq Glenton bilan jangga ruxsat bergan bo'lsa-da, keyin o'z sankciyasini qaytarib oldi. Biroq, Opetayya allaqachon komissiya to'lovlarini to'lagan va IBF qoidalarida ko'rsatilgan jang kuni qo'shimcha vazn o'lchashdan o'tgan.

"Men kamarlarni qo'lga kiritishga intilaman. SHov-shuv ko'p bo'lganini bilaman, lekin umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi va biz bu maqsadga erisha olamiz, - dedi Opetayya. - Men o'z yo'limdan qaytmayman. Meni kamardan mahrum qilishdi. Men uni qaytaraman va mutlaq chempionga aylanaman".

Takidlanishicha, Opetayya jamoasi IBF qarori ustidan shikoyat qilish uchun asosga ega. Tarixda bokschilar buni muvaffaqiyatli amalga oshirgan holatlar ham bo'lgan. Misol uchun, Graciano Rokkijani WBC uni chempionlikdan mahrum qilganda, qarshi davo bilan tashkilotni deyarli bankrot qilgan, Manuel CHarr esa o'zini WBA muntazam chempioni maqomiga tiklashga muvaffaq bo'lgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing