So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 15:51
Yangiliklar

Boks/MMA

3 nafar professional bokschimiz Rossiyada jang o'tkazadi

Teglar :  Boks
Joriy yilning 26 iyunida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks bo'yicha o'tkaziladigan turnirda mamlakatimizning 3 nafar sportchisi ishtirok etadigan bo'ldi.

“Promotions” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur professional boks kechasining markaziy jangi ikkinchi yarim engil vaznda(59 kg) rossiyalik Mark Urvanov va venesuelalik Endjel Rodriges o'rtasida kechadi. Bu ikkala bokschi WBA yo'nalishi bo'yicha chempionlikka davogarlar qatoridagi o'rnini mustahkamlash uchun mushtlashishadi. 

Mamlakatimiz bokschilaridan SHukrulla Voxidov 61,2 kelogramm vazn toifasida ukrainalik iqtidorli bokschi Zoravor Petrosyanga qarshi ringga ko'tariladi. Aytish lozimki, qator promuoterlar tomonidan “kelajagi bor”lar safida etirof etilgan ukrainalik bokschi faoliyati mobaynida 11 ta jang o'tkazgan bo'lsa, barchasida g'alabaga erishgan. U faoliyati mobaynida bir marta o'zbekistonlik bokschi bilan, yani 2020 yilning iyul oyida hamyurtimiz Ravshan Umurzoqov bilan teng kurashlar ostida o'tgan jangda hakamlarning qarori asosida g'alabaga erishgan. Demak, SH. Voxidovning oldida 8 raundga mo'ljallangan jangda nafaqat g'alaba qozonish, balki Umurzoqov uchun “qasos olish” majburiyati ham turibdi.

Yana bir bokschimiz farg'onalik Abbosxon Mirzaabdullaev rossiyalik Aleksandr Dorofeev bilan 4 raundlik jang o'tkazadi. Quqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mirzaaxmedov boksdagi faoliyati mobaynida yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempioni va og'ir vaznda Osiyo chempionati g'olibligiga erishgan. Uning raqibi Dorofeev Rossiya chempionatining bronza medali sohibi. Professional boksda ikkita jang o'tkazib, ikkalasida ham g'oliblikka erishgan.

Ekaterinburg ringida o'z omadini sinab ko'radigan yana bir bokschimiz namanganlik Otabek Miraxmedov og'ir vaznda Georgiy Yunovidov bilan kuch sinashadi. 6 raundga mo'ljallangan mazkur uchrashuvda O'zbekiston chempionatlari sovrindori bo'lgan hamyurtimizning imkoniyatlari qay darajada ekanligini vaqt ko'rsatadi. Uning raqibi xususida shuni aytish lozimki, Yunovidov o'z vaqtida og'ir vaznda Rossiya chempionligiga erishgan, qator xalqaro turnirlar g'olibi, professional boksda bitta jang o'tkazib, unda xamyurti German Skobenkoni ochkolar hisobidamag'lub etgan.

Eslatib o'tamiz, Ekaterinburgdagi professional boks musobaqasi Rossiya vaqti bilan soat 17.00 da boshlanadi.

O'zbekiston professional Boks federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing