03 iyu 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz yig'in o'tkazish maqsadida Xitoyga jo'nab ketishdi, u erda terma jamoamizni xalqaro musobaqa ham kutib turibdi
O'zbekiston boks terma jamoasi azolari 3-18 iyul kunlari Xitoyning Czuni shahrida xalqaro qo'shma mashg'ulot yig'ini hamda musobaqada ishtirok etadi.
Bir haftalik mashg'ulotlardan keyin charm qo'lqop ustalarimiz 10 iyul kuni ushbu shaharda start oladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi. Qizlarimiz esa 10 iyul kuni CHin yurtiga etib borishadi.
Tarkibimiz bilan tanishing:
Yigitlar:
-51 kg. Muhammadqodir Mamirjonov
-57 kg. Xo'janazar Nortojiev
-63,5 kg. Abdulloh Madaminov
-71 kg. Samandar Habibullaev
-80 kg. Samandar Jalolov
-92 kg. Diyorbek Uralov
+92 kg. Arman Maxanov.
Qizlar:
-50 kg. Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Muxlisa Xushvaqtova
-57 kg. Nigina O'ktamova
-60 kg. Rashida Tagirova
-66 kg. Dilfuza Bekova.
Murabbiylar: Nursulton Bo'rixonov, Ramzjon Ahmedov. Farrux Jo'raev, Lazizjon SHarifjonov.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar