So’nggi yangiliklar

19:02Волкановски Топуриянинг кучсиз томонини айтди 0 18:39"Адолатли бўлиш керак". Сехудо UFC’ни Царукян - Топурия жангини ташкил қилишга чақирди 0 18:17"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи 0 17:51"У даъвогар бўлишга арзийди". Волкановски кимни кейинги рақиб сифатида кўришини айтди 0 17:25Топурия қайси спортчига ўхшашни исташини айтди. Бу Роналду эмас 0 17:01Ислам Махачев фаолиятини қачон якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:39Файзуллаев бўйича "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи 0 16:17Менежер Топуриянинг кейинги рақибини очиқлади. Бу Пимблетт эмас 0 15:53Царукян: "Топурия Оливейрани нокаут қилишини олдиндан билган" 0 15:28Эдди Хирн Жошуанинг қачон рингга қайтишини айтди 0 15:07Расман: Достон Бозоров чемпионлик камарини вакант қолдирди. Титулнинг янги эгаси Тошкентда аниқланади (ПОСТЕР) 1 15:03Футбол. Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади 0 14:41WBA танқидлар ортидан Жейк Полни рейтингдан чиқариб юбориши мумкин 0 14:20"Мен кутишни хоҳламайман". Ислам Махачев навбатдаги жанги борасида фикр билдирди 0 13:59Қозоғистон ўз мезбонлигидаги Жаҳон кубогидан кейин медаллар жамғариш рейтингида иккинчи ўринга кўтарилди, биз ҳамон пешқадаммиз! 0

21 iyu 14:51
Yangiliklar

Tokio-2020

"8 soatlik parvoz, aeroportdagi kutish, hujjatlar va ajoyib suratlar". Tokiodan maxsus muxbirimiz xabar beradi (FOTO)

Teglar :  Tokio-2020
19 iyul kuni XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun O'zbekiston delegaciyasi maxsus ajratilgan charter reys bilan “Boeing 787 Dreamliner” havo kemasida 8 soatlik parvozdan so'ng, Narita aeroportiga kelib qo'ndi.

Kutib olish unchalik tantanovor bo'lmadi. Garchi samolyot allaqachon ko'rsatilgan manzilga kelgan bo'lsada, yarim soatlardan so'ng, eshikka chiqish ruxsat etildi. Maxsus tayinlangan vakillar delegaciya azolarini nazorat punktlariga boshlab borishdi. Boshi ko'rinmaydigan uzun koridor chetidan joy oldik. Masofani saqlagan holda, navbatimizni kuta boshladik. Nazoratdan o'tish uchun navbat kutayotganlar ko'p edi. Reyslar esa birin-ketin kelib qo'nyapti. Kutishdan boshqa chora yo'q. Hamma ko'rsatmalarni bajarishi shart edi. Bu orada birin-ketin hujjatlarni ko'zdan kechirish boshlandi.

To'g'risini aytganda, hujjatlarimizda kamchiliklar bisyor edi. Safar oldidan guruh azolari OCHA deb nomlangan hujjatni punktma punkt to'ldirishi shart bo'lgan. Ammo bu engil ish emas ekan. Sport jurnalistlari (10 nafar)   dan birontasi ham elektron shakldagi bu ko'rsatmalarni to'liq bajara olmadi. Bu dasturning o'zida chalkashliklar chiqib qoldi. Xullas, bu OCHA degani aeroportda ham dodimizni berdi. Rosa qiynaldik. Ayniqsa, til bilmaganlar azobini tortdi.

Bu bilan ish tugamadi. Pandemiya tufayli bir necha nazorat punktlaridan o'tishimiz, hujjatlarni rasmiylashtirish zarur edi.

CHalkashliklar, talashib-tortishishlar, kutish rosa cho'zildi. Narita aeoportida 10 soatga mixlandik. Olimpiya o'yinlarini yoritish istagida Tokioga tashrif buyurgan jurnalistlar uchun mehmonxona aeroportdan 70-80 kilometr uzoqlikda ekan. 2 soat deganda mo'ljaldagi makonga etib keldik.

Garchi qorong'i tushib qolgan bo'lsada, atrofning toza va ozodaligini his qilish qiyin emas. Atrof ko'm-ko'k. Bahri diling ochiladi.

"Grand fresa" mehmonxonasiga joylashdik. Bu mehmonxonada asosan jurnalistlar joylashgan ekan. Bu erdan matbuot markaziga ham yaqin deyishdi.  

Bir-ikki kun mehmonxonada karantin normalarini bajarish kerakligi aytilmoqda. 


Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing