07 iyu 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Carukyan: "Topuriya Oliveyrani nokaut qilishini oldindan bilgan"
UFC jangchisi Arman Carukyan Iliya Topuriyaning braziliyalik CHarlz Oliveyra ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
"Qarang, Iliya juda ko'p mashq qiladi, kuchli zarbaga ega va o'ziga ishonadi. U jangdan bir kun oldin g'alabani nishonlagani bekorga emas. U Oliveyrani nokaut qilishini oldindan bilgan.
Oliveyraning imkoniyatlari juda kam edi. U teykdaun qila olmadi va Topuriyadan ustun kela olmadi. CHarlzning grepplingi yaxshi, ammo zo'r emas. Topuriya u o'zi uchun eng qulay raqib ekanini yaxshi bilardi", — dedi Carukyan ESPN'ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar