So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

19 dek 08:04
Yangiliklar

Kurash

83 yoshli otaxon sharqiy osiyolik murabbiylarga mahorat saboqlari ko'rsatdi

Teglar :  Kurash
Ayni kunlarda o'zbek milliy kurashini nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyoda yanada ommalashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday loyihalardan biri Xalqaro kurash instituti tomonidan yo'lga qo'yildi. Unga ko'ra, SHarqiy Osiyo mamlakatlari: Xitoy, Makao, Xitoy Taipeyi, Mo'g'uliston, Koreya Respublikasi, Gonkong va Yaponiya murabbiylariga kurash sir-asrorlarini yanada chuqur o'rgatish maqsadida xalqaro seminar tashkil etilmoqda. 

O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universitetida onlayn seminarning ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zJOKU rektori, Xalqaro kurash associaciyasi vice-prezidenti SHerzod Qudratxo'jaev, Osiyo-Okeaniya kurash associaciyasi rahbari Komil Ro'ziev, Xalqaro kurash instituti mutasaddilari, mahalliy murabbiy va yosh sportchilarimiz jam bo'lishdi. Tadbirda MOQ rahbari so'z olib, kurashning Prezidentimiz qo'llab-quvvatlashi bilan tobora rivojlanib borayotgani haqida gapirib o'tdi.

“Sir emaski, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida barcha sport turlari qatorida o'zbek milliy kurashini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Buning natijasida milliy sportimiz jahon uzra yanada keng ommalashmoqda. Hozirgi kunda Xalqaro kurash instituti har qachongidan ham faol va samarali faoliyat olib bormoqda. Bugun o'tkazilayotgan ilmiy anjuman ham milliy kurashimiz rivoji yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ladi deb aytish mumkin. Ushbu seminar bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishda yo'lida beqiyos ahamiyat kasb etadi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Ushbu seminar xorijlik murabbiylar uchun onlayn formatda tashkil etildi. Ayniqsa, uning doirasida faxriylar o'rtasida 2 karra jahon chempioni, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi 83 yoshli Abdurashid ota Mirzaevning boy tajribasi asosida ko'rsatilgan mahorat saboqlari kuzatuvchilarda iliq taassurot qoldirdi. SHuningdek, tadbir doirasida milliy kurashimiz targ'ibotini yanada ommalashtirish maqsadida O'zJOKU hamda Xalqaro kurash instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing