So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

11 avg 09:32
Yangiliklar

Gimnastika, Tokio-2020

Alina Kabaeva: Hakamlar isroillik gimnastikachini mag'lub etishini xohlashmadi

Badiiy gimnastika bo'yicha Olimpiya chempioni Alina Kabaeva Tokio Olimpiasida rossiyalik gimnastikalarning chiqishlariga berilgan baholardan g'azablandi.

"Albatta, Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida sodir bo'lgan voqea jahon badiiy gimnastikasi uchun dahshatli holat. Dina Averina alo darajada ishtirok etdi, u to'rt dasturni ham alo darajada bajardi, elementlarni bexato ijro etdi. Isroillik raqibi kabi hech narsani tushirib yubormadi.

Dina Averina oxirgi dasturini tasma bilan tugatdi va xatosiz yaxshi bajardi. Ammo, unga baho berish uchun 6 daqiqa sarflandi. Garchi hozirda agar siz hamma narsani xatosiz yaxshi bajargan bo'lsangiz, bir-ikki daqiqa kutishingiz mumkin, lekin 6 daqiqa emas... Bu nima degani? Hakamlar baholarni hisoblashgan va Averina isroillik gimnastikachini mag'lub etishini xohlashmagan.

Bilasizmi, ko'plab sport turlarini NATO mamlakatlaridan kelgan hakamlar baholaydilar va u erda bizning sportchilar g'alaba qozonishadi. SHuning uchun, menimcha, bu savol noo'rin.  SHunchaki, yaxshi va unchalik yaxshi bo'lmagan odamlar bor.

Ha, Ashram yaxshi gimnastikachi, u yaxshi chiqish qildi, lekin qo'pol xatoga ham yo'l qo'ydi. Bu xato uchun undan bir ochko olib tashlanishi kerak edi, ammo 0,7 ochko olib tashlandi. Bunday xato bilan Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozonilmaydi", - deya Kabaevaning so'zlarini keltiradi RIA Novosti "Rossiya" 1 telekanaliga tayanib.

Eslatib o'tamiz, 1996 yildan beri birinchi marta Rossiya badiiy gimnastika bo'yicha oltin medal olmadi. Bu rossiyalik Dina Averina shanba kuni ko'pkurashning yakkalik bahslarida Isroil sportchisi Lina Ashramga yutqazib, kumush medal sohibasiga aylangandan keyin sodir bo'ldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing