08 iyu 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Diviziondagi eng engil janglardan biri". Iliya Topuriya - keyingi raqibi haqida gapirdi
UFC chempioni Iliya Topuriya o'zining navbatdagi raqibi sifatida Peddi Pimblettni ko'rib chiqmoqda.
Sportchining aytishicha, Pimblett unga jiddiy xavf sola olmaydi.
"Agar bu qaror menga bog'liq bo'lganda, men Peddi bilan jang qilgan bo'lardim. U diviziondagi eng engil raqiblardan biri. Men u bilan jang qilar edim, lekin undan ko'p narsa kutmasdim. Bu yigit etarli darajadagi mahoratga ega emas... Ehtimol, bu jang umuman bo'lmas. Lekin men moslashuvchan insonman", - dedi Topuriya AS nashriga.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar