08 iyu 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Almabaevning murabbiyi Temirov bilan jang bekor bo'lganiga munosabat bildirdi
Qozog'istonlik UFC jangchisi Asu Almabaevning murabbiyi Eduard Bazrov Ramazon Temirov bilan jang bekor bo'lgani haqida gapirdi.
"Ha, bu rost. Bizga Temirov jangdan echilganini xabar qilishdi - nomalum sabablarga ko'ra. Uning o'rniga Peru vakili Xose Ochoa jang qilishini aytishdi. Ammo raqib hali almashishi mumkin, 100 foiz aniq emas. Biz hozir UFC'dan rasmiy tasdiqni kutyapmiz", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Almabaev - Temirov jangi 26 iyul kuni o'tkazilishi lozim edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar