So’nggi yangiliklar

09:07Алекс Перейра: "Реваншдаги мағлубиятдан сўнг Анкалаев камар учун жанг қилмайди" 0 08:46Ёшларимиз Осиё чемпионатидаги рақибларини билиб олишди (қуръа натижалари) 0 08:19Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади 0 07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0

30 iyu 19:11
Yangiliklar

Dzyudo

Andijon “Uzbekistan Judo Tour”da kuchlilar aniqlandi

"Universal" sport majmuasi mezbonlik qilgan musobaqada final dasturi bahslari yakuniga etdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko'ra, 4 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Artyom SHturbabin (-66), Behruz Homidov (81 kg), SHarofiddin Boltaboev (-90 kg) va SHohruh Baxtiyorov (+90 kg) o'z vaznlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

Qiziq tomoni shundaki, Parij-2024 Olimpiadasidan keyin faoliyatini yakunlab, murabbiylikni boshlagan SHarofiddin Boltaboev nafaqat sportga qaytdi, balki qiymati 22 000 000 so'm bo'lgan chempionlik shohsupasiga ham ko'tarildi. Qoraqalpog'istonlik dzyudochi bu musobaqada Andijon viloyati sharafini himoya qildi. 

Malumot uchun, Andijon “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etadi. G'oliblar 22 mln, kumush medal sohiblari 14, bronza medal egalari esa 7 mln so'm pul mukofotini qo'lga kiritishdi.

Andijon zaminida o'tkazilgan bugungi musobaqa dzyudo muxlislari uchun tom manoda sovg'a bo'ldi. Bu esa o'z o'rnida viloyatda olimpiya oilasiga mansub ushbu yakkakurash turining rivojlanishiga xizmat qiladi.    

“Uzbekistan Judo Tour” g'olib va sovrindorlari:

-66 kg vazn toifasi

1. Artyom SHturbabin (Toshkent viloyati)

2. Muhriddin Tilovov (Qashqadaryo)

3. Bahrom Asadov (Buxoro)

3. Manucher SHirinov (Buxoro) 


-81 kg vazn toifasi

1. Behruz Homidov (Toshkent shahri)

2. Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (Surxondaryo)

3. Samariddin Muxibiddinov (Toshkent shahri)

3. Ahror Ziyodullaev (Surxondaryo)


-90 kg vazn toifasi

1. SHarofiddin Boltaboev (Andijon)

2. SHahzodxo'ja SHaripov (Buxoro)

3. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)

3. Ulug'bek O'roqov (Toshkent shahri)


+90 kg vazn toifasi

1. SHohruh Baxtiyorov (Toshkent shahri)

2. Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)

3. Jahongir Mamatrahimov (Surxondaryo)

3. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing