11 sen 01:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Qozog'iston vakilidan ustun keldi: yana bir medal naqd!
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining chorak final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev chorak finalda qozog'istonlik Ertug'an Zeinulinovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Asadxo'ja 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Asadxo'ja bungacha Xitoy va Finlyandiya bokschilarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalgacha etib kelgandi.
Endi Asadxo'ja 13 sentyabr yarim finalda Gruziya vakili Lasha Guruliga qarshi bahsga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar