So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

19 may 16:17
Yangiliklar

Boshqalar

Avaz Karimovni tabriklaymiz!

Teglar :  Tug'ilgan kun
Bugun O'zbekiston Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Avaz Qudratillaevich Karimov – 1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisining o'rinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda O'zbekiston karate milliy federaciyasi Toshkent shahar bo'limi raisi, 2011 yildan O'zbekiston badminton federaciyasi raisining o'rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o'rinbosari, so'ngra ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i, 2017-2019 yillarda CHirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019 yilning 6 sentyabridan  Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 

SHundan so'ng O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan. SHu yilning 10 aprelida esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni (PF-6203, 09.04.2021y) bilan yangi tashkil etilgan O'zbekiston Turizm va sport vaziri o'rinbosari lavozimiga tasdiqlangan. 

Saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Avaz Karimovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi. U kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing