So’nggi yangiliklar

12:36Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони B Серия жамоасига ўтди 0 12:15Чемпион Шакур Стивенсон вақтинчалик чемпион Сепедадан бироз оғирроқ тош босди 0 11:54Владимир Свечников Венгриядаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 11:33Уимблдон. Янник Синнер - Новак Жокович учрашувида иккинчи финалчи аниқланди 0 11:12“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди 0 10:51Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:30UFC on ESPN 70 жангчилари тарозига чиқишди 0 10:09Аёллар кураши жамоамиз Осиё чемпионатида 4 та медалга эга чиқди 0 09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0 08:45"World Taekwondo Diamond Games": Бугун икки таркибимиз медаллар учун курашади 0 08:24Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди 0 08:03Рамзан Қодиров АСА лигаси Шон-шуҳрат Залига қабул қилинди + ФОТО 0 07:42Сергей Фомин биринчи ракеткага қарши уч сетлик ўйин ўтказди 0

21 okt 07:15
Yangiliklar

Tennis

Avstraliya Ochiq chempionatiga faqat ikki marta emlanganlar qo'yiladi. Jokovich musobaqani o'tkazib yuborishi mumkin

Teglar :  Novak Jokovich
Avstraliyaning immigraciya vaziri Aleks Xokning aytishicha, Australian Open'da ishtirok etish uchun mamlakatga faqat ikki martalik emlashdan o'tgan tennischilarga ruxsat etiladi.

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliya rasmiylarining bu qaroriga munosabat bildirdi.

"Men Avstraliyadagi vaziyatni kuzatyapman va tushunishimcha, yakuniy qarorni Avstraliya hukumati va Tennis Australia ikki hafta ichida, yani noyabrning birinchi yoki ikkinchi haftasida qabul qiladi. Menimcha, shartlar biz bilgan narsadan deyarli o'zgarmaydi. Avstraliya federaciyasi vakillari bilan bevosita muloqot qilgan menejerimdan eshitishimcha, ular hamma uchun sharoitni yaxshilashga harakat qilyaptilar: emlanganlar uchun ham, emlanmaganlar uchun ham.

Asosiy muammo shundaki, agar siz samolyotda test natijasi ijobiy bo'lgan odam bilan uchrashsangiz va siz emlansangiz ham, emlanmasangiz ham avtomatik ravishda 14 kunlik izolyaciyada qolasiz. Ko'p tennischilarda bu haqida yomon xotiralar bor. O'ylaymanki, agar bu yil karantin bilan bir xil talablar bo'lsa, ko'plab tennischilar borish yoki bormaslik haqida o'ylashadi. Agar professional sportchi xonaga qamalib qo'yilgan bo'lsa va keyin u chiqib, qandaydir darajani ko'rsatishini kutsa bilmadim... 

Umuman olganda, men Melburnda o'ynashimni hozircha bilmayman. Mening taqvimim qanday bo'lishi ham noaniq. Hozir bu borada juda ko'p taxminlar mavjud. Jurnalistlar bu haqda juda ko'p o'ylashmoqda, bu esa meni jiddiy tashvishga solmoqda". - dedi Jokovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing