So’nggi yangiliklar

11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0

05 fev 15:10
Yangiliklar

Boshqalar

Badminton sportini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-seminar tashkil etildi

Teglar :  Badminton
Badminton sportini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-seminar tashkil etildi.

«Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmonining ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostidagi festival doirasida fevral oyi Namangan viloyatida «Badminton oyligi» deb elon qilingan.

SHu maqsadda viloyatning Pop tumanida badmintonni rivojlantirish maqsadida O'zbekiston badminton federaciyasining Namangan viloyat bo'limi, Pop tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan tumandagi 8-sonli musiqa maktabi hamda Pop tuman 1- va 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktablari hamkorligida o'quv-seminar mashg'uloti tashkil etildi.

Dastlab seminar ishtirokchilariga badminton federaciyasining Namangan viloyati bo'limi ijrochi direktori Otabek Mo'minov tomonidan o'yin qoidalari haqida nazariy malumotlar berildi. So'ngra sport maydonida badminton qoidalari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar hamda viloyatning etakchi sportchilari ishtirokida master-klass o'tkazildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha malumot va tushunchalar berishdi. Seminarda Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli barcha tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshliqlari, viloyat Xalq talimi tizimidagi maktablarning jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, shuningdek tumanda badminton sporti bilan shug'ullanayotgan o'quvchilar ishtirok etishdi.



Seminar yakunida tumandagi 5ta umumtalim maktablarining Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari Pop tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabining badminton bo'limiga ishga qabul qilinib, ularga malaka oshirish uchun yo'llanmalar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing