So’nggi yangiliklar

13:55"Биз қотиллик учун судланишимиз мумкин". Усикнинг менежери қандай ҳолатда Жейк Полга қарши жанг бўлишини айтди 0 13:31"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин 0 13:10Бугун 15 нафар ўзбекистонлик спортчи Универсиада медали учун баҳс олиб боради (Тўлиқ рўйхат) 0 12:48Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги турнирда кўришни истамаяпти, Жонс эса бунга муносабат билдирди 0 12:25Универсиада-2025. Бешинчи кундан сўнг медаллар жамғариш рейтингида нечанчи ўриндамиз? 0 12:03"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса... 0 11:42Богдан Гусков Абу-Дабига етиб борди 0 11:21Султонов Сеговия турнирида эски таниши билан уч сетлик учрашув ўтказди 0 11:00"Муроджон Ахмадалиев Иноуэни муддатидан олдин енгиши мумкин" - мураббий 0 10:39Мираброр Усмонов кубоги-2025. Бугун Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйини бор 0 10:18"Мен ўзимни энг зўриман деб ўйламайман". Усик ўзини нега тарихдаги энг зўр деб ҳисобламаслигини тушунтирди 0 09:57Макс Холлоуэй Топурия билан реванш жанг ҳақида гапирди 0 09:36Шоҳжаҳон Эргашев: "Бундан буён фақат кучли боксчилар билан жанг қиламан" 0 09:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди 0 08:54UFC 321 турнири учун яна бир рейтинг жанги қўшилди 0

17 jan 10:31
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash federaciyasi yil yakunlarini sarhisob qildi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
O'zbekiston "Adolat" SDP majlislar zalida O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasining 2021 yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda Jahon Belbog'li Kurash Associaciyasi (JBKA), Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, "Adolat" SDP siyosiy kengashi rahbariyati, partiyaning Toshkent viloyati kengashi faollari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillari, sportchilar, murabbiy va mutaxassislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov kirish so'zi bilan boshlab, ortda qolgan 2021 yil belbog'li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lganligini etirof etdi. 

Sportchilarimiz respublika va jahon miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda shoxsupaning yuqori pog'onalaridan o'rin egallab, mamlakatimiz sport zaxirasiga medallar shodasini taqdim etishgani, yurtimiz shanini munosib himoya qilganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

SHuningdek, marosimda ishtirok etgan jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti G'aniev Azizbek Abduxalilovich ham yig'ilganlarni qutlab, associaciya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida takidlab o'tdi. 

Tadbirda so'z olgan Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Muratov Mo'min Manapovich esa Osiyoda belbog'li kurashni rivojlantirish masalalari haqida to'xtalib, joriy yilgi xalqaro musobaqalarda polvonlarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Yig'ilishda shuningdek, O'zbekiston "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi o'rinbosari Abdukamol Rahmonov , "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Bobur Mamirovlar o'z tabrik so'zlarini bildirishdi. 

SHundan so'ng O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda "Adolat " SDP siyosiy kengashi tomonidan turli yo'nalishlar bo'yicha nominaciyasi g'oliblari diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing