22 iyu 12:25
Yangiliklar
Boshqalar

Universiada-2025. Beshinchi kundan so'ng medallar jamg'arish reytingida nechanchi o'rindamiz?
Germaniyaning Reyn-Rur provinciyasida Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari davom etmoqda.
Kecha musobaqaning beshinchi kungi bellashuvlari doirasida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta medalga ega chiqishdi. Har ikki medal taekvondochilar tomonidan qo'lga kiritildi. +87 kg vaznli Marat Mavlonov musobaqa vice-chempioniga aylangan bo'lsa, Najmiddin Qosimxojiev (74 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Bu holatda medallarimiz soni 9 taga etdi: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.
Hozirda medallar jamg'arish reytingida 34 mamlakat orasida 8-o'rinni band etib turibmiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar