22 iyu 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev: "Bundan buyon faqat kuchli bokschilar bilan jang qilaman"
Prof boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun o'zbekistonlik sobiq davogar SHohjahon Ergashev rejalari haqida gapirdi.
"Hozirgacha dunyoning eng yaxshi bokschilarining deyarli hammasi bilan jang qilib ko'rganman. Bundan buyog'iga faqat kuchli bokschilar bilan jang qilib, Jahon chempioni bo'lishga harakat qilaman. O'ylashimcha, hammasi yaxshi bo'ladi. Ozgina tayyorgarlik kerak.
Sog'lig'im bilan ozgina muammo bor edi. Hozir sog'lig'im yaxshilandi, ancha yaxshi tiklanish bo'ldi. Ikki yil bezovta qilgan jarohatlarimdan forig' bo'ldim. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi", dedi Ergashev "Mahalla" telekanali muxbiri Mohichehra Sobirova bilan suhbatda.
Malumot o'rnida, 33 yoshli farg'onalik SHohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jangda 25 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
13:10
Bugun 15 nafar o'zbekistonlik sportchi Universiada medali uchun bahs olib boradi (To'liq ro'yxat) 0
Fikrlar