So’nggi yangiliklar

19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0 15:46Олимпиада чемпиони Гейбл Стивсон ММАда дебют қилди 0 15:25"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум 0 15:04Хабиб Нурмагомедов: "Усман Топуриядан кучлироқ" 0 14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0

15 apr 08:04
Yangiliklar

Tennis

Billie Jean King kubogi. Koreyaga ham mag'lub bo'ldik, bugun so'nggi o'yinni "rasmiyatchilik" uchun o'tkazamiz

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan "Billie Jean King" turniri o'tkazilmoqda.

Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralash bahslari doirasidagi to'rtinchi uchrashuvda Koreya Respublikasi ayollar terma jamoasiga qarshi kortga chiqdi.

Ilk yakkalik o'yinida Ominaxon Valixonova WTA tasnifida 640-o'rinni egallab turgan Dabin Kimga 1/6, 1/6 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda Sevil Yuldasheva dunyoning 587-raketkasi Dayon Bekga 2/6, 3/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Juftliklar bahsida esa hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Sabrina Olimjonova hamkorligi koreyaliklar Boyong Jeong hamda Yonvyu Kyu tandemiga qarshilik ko'rsata olishmadi - 4/6, 1/6.

Bugun vakilalarimiz Tailandga qarshi kortga chiqishadi. Ammo endi ushbu uchrashuv shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi, deyish mumkin, sababi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruhda so'nggi o'rinni egallagan holda quyiga tushib ketishi oydinlashib ulgurdi.

Turnirning bugungi taqvimi:

O'zbekiston - Tailand
Xitoy - Yaponiya
Hindiston - Koreya Respublikasi.

Uchrashuvlar 10:00 da poytaxtimizdagi Tennisga ixtisoslashgan Olimpiya maktabi xard kortlarida boshlanadi.

Turnir jadvali:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing