So’nggi yangiliklar

07:22Юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига тайёргарликни Владикавказда олиб боришяпти 0 07:01Шавкат Раҳмоновнинг кейинги рақиби Нурсултон Рўзибоевнинг жамоадоши бўлиши мумкин 0 18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0

16 iyu 13:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Toshkent shahar bo'limi rahbariyatida o'zgarish bo'ldi

15 iyul kuni poytaxtimizdagi "Wyndham Hotel"ning anjumanlar zalida O'zbekiston boks federaciyasi Toshkent shahar bo'limining navbatdagi konferenciyasi tashkil etildi.

Unda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev, federaciya bo'lim boshlig'i Sardor Tashxodjaev, shaharda faoliyat olib borayotgan murabbiy va mutaxassislar, faxriylar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 


Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala - shahar bo'limi raisining birinchi o'rinbosari SHarof Xudoyberdiev boshqa ishga o'tishi munosabati bilan uning o'rniga boshqa nomzod tayinlashdan iborat edi. Unga ko'ra, ushbu masuliyatli lavozimga Inomjon Oltmishev tayinlandi. 


Malumot uchun, Inomjon Oltmishev Ibraximovich 1989 yilning 17 oktyabrida tug'ilgan. Malumoti oliy. Toshkent avtomobil yo'llari institutining menejment fakultetini tamomlagan. To'qimachilik sohasida faoliyat olib boradi. Xitoy va Turkiya kabi mamlakatlarda tajriba to'plagan. 

Endilikda I.Oltmishev Toshkent shahri boksini rivojlantirish uchun o'z hissasini qo'shishga astoydil bel bog'lagan. 

"Bildirilgan ishonch uchun rahmat aytaman. Oldinda muhim musobaqalar turibdi. Ishonamanki, Toshkent shahri milliy terma jamoa uchun munosib nomzodlarni etkazib berishi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda ish olib boramiz va belgilangan vazifalarni uddalaymiz", - dedi Inomjon Oltmishev. 



Yig'ilish davomida shaharda faoliyat olib boruvchi faxriy murabbiylarga esdalik sovg'alari ham taqdim etildi. 




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing