So’nggi yangiliklar

22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0 17:38Ситора Турдибекова ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 17:31"Мен нафақага чиқмадим" - Жон Жонс UFC'даги мақсади ҳақида гапирди 0 17:10U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди 0 16:49Феруза Казакова бразилиялик рақибасини мағлубиятга учратиб, ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 16:33Нодирбек Абдусатторов 8 соатлик ўйин ўтказди. Самарқандда ўтказилаётган турнирда вазият қандай? 0 16:16"Чимаев билан жангни қўлдан бой бермайман. Менга аутсайдер мақоми ёқади" - Имавов 0 15:52Махачев Делла Маддалена қай томонлама хавфли рақиб эканлигини айтди 0 15:26Хабиб катта пул ваъда қилинган бўлсада, Мейвезер билан жанг қилишдан бош тортган экан 0 15:01Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди 0 14:38Кроуфорд ва Канело жанги учун гонорарлар маълум қилинди 0

10 jan 13:53
Yangiliklar

Tennis

Bugun uch nafar, ertaga esa yana bir tennischimiz kortga chiqadi

Bugun va ertaga to'rt nafar tennischilarimiz turli musobaqalar doirasida kortga chiqishadi.

Unga ko'ra, birinchi bo'lib Maksim SHin (ATP - 1107) Turkiyaning Antalya shahrida davom etayotgan M 15 musobaqasi 1/16 finali doirasida germaniyalik Pol Vorner (ATP - 907)ga qarshi kortga chiqadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi va g'olib nimchorak final bahsida musobaqaning ikkinchi raqamli tennischisi, xorvatiyalik Due Aydukovich (ATP - 391)ga qarshi bahs olib boradi.

Yana bir tennis ustamiz — Sanjar Fayziev (ATP - 1180) esa Portugaliyada davom etayotgan CHellenjer musobaqasining juftlik bahslari nimchorak finali doirasida kortga chiqadi. Rossiyalik Evgeniy Karlovskiy (ATP - 314) bilan birgalikda sovrin uchun kurashayotgan hamyurtimizga bu bosqichda Jonatan Eyserik (ATP - 850) hamda Denis Molchanov juftligi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

SHuningdek, bugungi kun doirasida Qatardagi M 15 musobaqasi juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Humoyun Sultonov (ATP - 490)/Parikshit Somani juftligi ham kortga chiqishi kutilmoqda. Ularga nimchorak final doirasida Vivek Kolluru/Kris Kravsevic raqiblik qiladi. Uchrashuv bizning vaqti bilan 20:30 da start oladi.

11 yanvar tongida esa Australian Open'da ishtirok etayotgan yagona o'zbekistonlik — Nigina Abdurimova (WTA - 176) saralash bosqichi yarim finalida kortga chiqadi. Amerikalik Keti Volneyc (WTA - 115)ga qarshi kechishi kutilayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 09:30 dan so'ng boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing