So’nggi yangiliklar

19:40UFC Ўзбекистон ҳудудида расман трансляция қилиниши мумкин 0 19:19Шон О'Мэлли Плесси - Чимаев жанги учун тахмин билдирди 0 18:58"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради 0 18:37Усикнинг собиқ промоутери: "Александр фаолиятини тугатиши учун барча ишни қиламан" 0 18:16Шахматчиларимиз "Qonaev Cup 2025" турниридаги иштирокларини бошлашди 0 17:55Ўзбекистон бокс федерацияси Лазизбек Мулложонов билан боғлиқ вазият бўйича муносабат билдирди 0 17:34"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди 0 17:13Царукян Топуриянинг ҳаракати ва услубини масхара қилиб, Макгрегорни кўчирмачиликда айблади (ФОТО) 0 16:52Қозоғистон терма жамоаси аъзоси Аман Консбеков ўзбекистонлик боксчидан қабул қилиб олган мағлубиятини тан олмади 0 16:31Ўзбекистонлик ММА жангчиси Зубайра Тухугов билан жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 16:10Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби 0 15:4918 ёшли Мбоко фаолиятида илк бор WTA турнири 1/2 финалига чиқди 0 15:28Иноуэнинг собиқ рақиби Рамон Карденас Наоя ва Муроджон жанги ҳақида гапирди 0 15:07"Мен қилган хатони қилма". Царукян Чимаевга маслаҳат берди 0 14:46"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди 0

15 mar 19:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Carukyan Maxachev va dos Anos bilan jang qilishdan bosh tortganini tushuntirdi

Engil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Arman Carukyan bir hafta ichida divizionning ikki eng kuchli jangchilaridan kelgan taklifni rad etgani haqida gapirdi.

"Ha, jangdan bir hafta oldin menga Islam Maxachevni almashtirishni taklif qilishdi. Buni rad etdim, chunki Islamga qarshi emas, Alvares uchun maxsus tayyorgarlik ko'rgandim. Agar tayyor bo'lmasam, Islamga qarshi kurashishim mantiqiymi? U bilan duelga yaxshi tayyorgarlik ko'rishim, kurash mahoratimni oshirishim, ko'p sparring o'tkazishim kerak. Bu butunlay boshqacha jangchi.

Men shoshayotganim yo'q. Men Bobbi Grin emasman, pul uchun jang qiladigan. Jangni rad etganimda, Alvares Islamga qarshi kurashadi deyishdi. Hammasi joyida, deb javob berdim. Menimcha, ular hatto undan so'rashmagan. Suraganida u jangga rozi bo'lardi.

Ikkinchi taklif Fizievning betobligi tufayli raqibsiz qolgan Rafael dos Anos edi.

Alvaresga qarshi jang qilganimda, birinchi raund tugamagan edi. SHon SHelbi mening menejerim Sayatga kelasi hafta Rafael dos Anos bilan jang qilishimni taklif qildi. Jangdan so'ng Sayat menga o'z taklifini aytdi. U rad etishimni allaqachon bilgan edi. Hech qisi yo'q yana imkoniyat bo'ladi"- dedi Carukyan “Vestnik MMA” nashriga bergan intervyusida. 

Carukyanning takidlashicha, Maxachev bilan revansh jangi uning UFC'dagi eng yaxshi jangi bo'ladi.

"Men uchun juda qiziqarli jang. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishim uchun kamida olti yoki etti hafta oldin taklif qilinadigan vaqtni kutyapman"- deya qo'shimcha qildi Carukyan

Eslatib o'tamiz, 2019 yil aprel oyida Arman Carukyan UFC'da Islam Maxachevga hakamlar qaror evaziga mag'lub bo'lgandi. SHundan so'ng, rossiyalik beshta g'alabaga erishgan. Hozirda engil vazn toifasi reytingida o'n ikkinchi pog'onani egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing