05 avg 15:07
Yangiliklar

"Men qilgan xatoni qilma". Carukyan CHimaevga maslahat berdi
CHimaev 17 avgust kuni o'rta vazn (84 kg gacha) chempioni Drikus dyu Plessiga qarshi jang qiladi.
— Sen CHimaev funkcional tomonlama kuchli, lekin jangga kerakli formada emas deb aytganding.
— Ha, u haddan tashqari ko'p mashq qilishni yaxshi ko'radi, shu bois u jangga pik formasiga etib kelmaydi. U mashg'ulotlarda o'zini to'xtata olmaydi. Sparringdan so'ng borib, qop uradi, qo'lqopda ishlaydi, tosh ko'taradi. Xamzat shunday yigitlardanki, unga "Bo'ldi, Xamzat. Endi chigilyozdi mashqlarni qil va uyga ket" deyish kerak.
— Sen buni unga aytdingmi?
— Ha, biz tez-tez muloqot qilamiz. Men unga aytdim: "Men qilgan xatoni sen takrorlama". Menda chempionlik jangi bo'lgan va men butun bor kuchimni faqat mashg'ulotlarga sarf qilgandim. Hammasini shu erda qoldirdim. Lekin jang uchun o'ylangan va to'g'ri yondashuv bo'lishi kerak, o'zini asrash kerak, — dedi Carukyan.
Fikrlar