05 avg 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Inouening sobiq raqibi Ramon Kardenas Naoya va Murodjon jangi haqida gapirdi
Amerikalik bokschi Ramon Kardenas ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va o'zbekistonlik WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev o'rtasidagi jangga to'xtaldi.
Inoue — Ahmadaliev mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadi.
"Umid qilamanki, Naoya va Murodjon Ahmadaliev to'qnashuvi barcha boks muxlislariga ajoyib jang taqdim etadi. Men ushbu bahsni intizorlik bilan kutyapman, chunki ikkala yigit ham ringda qanday harakat qilishini juda yaxshi bilaman. Bu yigitlar ringga haqiqiy jang ko'rsatish uchun chiqishadi", deydi Ramon.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Kardenas joriy yilning may oyida Naoya Inoue bilan jang qilib, muddatidan oldin imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar