05 avg 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston terma jamoasi azosi Aman Konsbekov o'zbekistonlik bokschidan qabul qilib olgan mag'lubiyatini tan olmadi
Kecha Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati doirasida navbatdagi chorak final janglari o'tkazildi.
Kun davomida 75 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHavkatjon Boltaev avvallari O'zbekiston sharafini himoya qilgan, biroq yaqinda Qozog'iston safiga o'tgan bokschi Aman Konsbekovga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Biroq qozoq bokschisi mag'lubiyatni qabul qila olmadi. U o'z Instagram sahifasiga: "Allohim hammasini ko'rib turibdi. Bu odatiy holat", deb yozdi.
Malumot uchun, Konsbekov 2023 yil noyabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining 71 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar