So’nggi yangiliklar

16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0 13:05US Open. Ига Свёнтекнинг юриши бошланди, бу унинг мавсумдаги 50-ғалабаси! 0 12:44Нукус “Uzbekistan Judo Tour” мусобақасида ғолиблар аниқланди 0 12:23Тайсон Фьюри "Манчестер Юнайтед" cабаб футболни кузатмай қўйди 0 12:02ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади 0 11:41Муҳаммад Маддалена билан жанг қиладиган Махачевга маслаҳат берди 0

22 sen 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

CHimaevning murabbiyi Xabibning tanqidiga chiroyli "otvet" qildi

SHveciyalik jangchi Xamzat CHimaevning murabbiyi Reza Madadi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga jamoani tanqid qilgani uchun javob qaytardi.

"Hurmatli Xabib, musulmon birodarim! Avvalo shuni aytmoqchimanki, sizni sportchi sifatida va sevimli sportimizdagi barcha yutuqlaringiz uchun juda hurmat qilaman. Barcha intervyu va chiqishlarda dinimizni, etiqodimizni, Allohni eslashingizdan juda faxrlanaman. Lekin Xamzatning atrofida musulmonlardan iborat jamoa yo'qligi va go'yo shu sabab uning vazn qila olmaganiga izoh bermoqchiman.

Bu erda sizning fikringizga qo'shilmayman. Birinchi kundan boshlab Xamzatning oldida nafaqat men kabi musulmon do'stlari, jamoadoshlari, balki boshqa din va jamiyat vakillari ham bor edi. Ular boshidanoq u bilan birga bo'lgan, unga mehr ko'rsatgan, qayg'u va quvonchini birga baham ko'rgan. Ular Xamzatni hozirgi darajaga etishi uchun ko'p narsa qilgan.

Musulmon bo'lish mukammal va benuqson bo'lish degani emas. Menga ishoning, hayotimda ko'p xato qildim, siz ham. SHuning uchun musulmonlardan iborat jamoa bo'lish sizni komil inson qiladi degan fikrga qo'shilmayman. Qaysi etiqod yoki din bo'lishidan qatiy nazar, yaxshi va og'ir damlarda sizga g'amxo'rlik qiladigan jamoaga ega bo'lish muhimroq. Bunday jamoa Xamzatda bor.

Xamzat vazn qila olmaganiga bir qancha sabablar bor va ular jamoaning ichida qoladi. U hali yosh va xatolaridan saboq oladi. Agar sizdek katta nomga ega chempion shu kabi xatolardan saboq olgan bo'lsa, Xamzat ham bunga bardosh berishiga shubham yo'q", — deb yozadi Madadi ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Xamzat CHimaevning rasmiy tarozi marosimidagi chiqishini tanqid ostiga olgandi.

SHveciyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 279 turnirining rasmiy tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmagani etmagandek, sahnadan turib muxlislarga turli nomaqbul harakatlarni qilgan edi. 

"Agar sen musulmon bo'lsang, atrofingga iymon va diyonatli kishilarni jamlashing kerak. Zero, aynan ular seni nima mumkin va nima mumkin emasligini aytib, to'g'ri yo'lga boshlaydi. Men Xamzat CHimaevning rasmiy tarozi marosimidagi chiqishini ko'rdim. Afsuski, uning jamoasida musulmon kishisi yo'q. Bu esa juda yomon va xunuk holat. Yaratganni tanigan inson yo'qligidan shunday ko'ngilsiz holatlar yuzaga keladi", - degandi Nurmagomedov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing