27 avg 11:41
Yangiliklar

Muhammad Maddalena bilan jang qiladigan Maxachevga maslahat berdi
Asli falastinlik Belal Islamga Maddalenga qarshi jangda tavakkal qilmaslikka, bellashuvning boshidayoq raqibini parterga tushirib, mag'lub etishga harakat qilishga chaqirdi.
"Menimcha, Islam shunchaki jangni parterga o'tkazishi kerak. Uning parterdagi harakati ancha yaxshi. Jek "stoyka"dan ko'ra aynan parterda juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi. Maxachev esa bundan foydalanishi mumkin. U darhol Maddalenani parterga tushirishi kerak. Agar Islam tik holatda jang qiladigan bo'lsa, uning bu vazndagi gavda tuzilishi hamda zarba kuchi pand berib qolishi mumkin. Nima bo'lganda ham, voqealar rivoji qanday bo'lishidan qati nazar, men bu jangni qiziqish bilan kuzataman. Boisi, chempionlik kamarini qaytarib olmoqchiman", - dedi Belal The Schmo nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Islam Maxachev noyabr oyida Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida yarimo'rta vazn toifasida chempionlik kamarini Jek Della Maddalenadan tortib olishga urinib ko'radi. Maddalena bu chempionlik kamarini aynan Belalni mag'lub etish orqali qo'lga kiritgandi.
Fikrlar