27 may 16:16
Yangiliklar
Futbol

David de Xea faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
“Fiorentina“ darvozaboni David de Xea faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Unga “Monako“ jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Fabricio Romano malum qildi. Malumotlarga qaraganda Franciya jamoasi darvozabonni erkin agent sifatida jamoaga qo'shib olishni reja qilgan. Biroq “Fiorentina“ ham o'zining asosiy darvozaboni bilan xayrlashishni istamayapti. Italiya jamoasi darvozabonga 2028 yilga qadar bo'lgan yaxshilangan shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, yakuniga etgan mavsumda de Xea 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 11 ta uchrashuvda “quruq“ o'yin o'tkazdi. Uning “Fiorentina“ bilan tuzgan shartnomasi shu yilning iyunida yakunlanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar