So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

29 iyu 19:45
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro Turon federaciyasi AQSHda rasman ro'yxatdan o'tdi

Teglar :  Turon
Bugungi kunda dunyoda 200dan ortiq davlat mavjud bo'lsa, millatlar va elatlar soni bir necha yuzni tashkil qiladi.

Ammo sanoqli millatlar o'z milliy sportini jahon maydoniga olib chiqishga muvaffaq bo'lgan. Quvonarlisi ular qatorida o'zbek millati ham bor. 1998 yil 6 sentyabr sanasida o'zbekning ori va g'ururi bo'lgan Kurash sport turi jahonga yuz tutgan bo'lsa, 2025-yil 15 iyulda yana bir o'zbek milliy sport turi Turon bo'yicha xalqaro federaciya rasman ro'yxatdan o'tdi.

Nyu-York shtati departamenti ITF, yani Xalqaro Turon federaciyasi (International Turon Federation)ni dunyoning eng yirik aglomeraciyalaridan birida ro'yxatga oldi. Bu esa 2025 yil 15 iyuldan Xalqaro Turon federaciyasi rasman tashkil topganini bildiradi.

SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: nega Xalqaro Turon federaciyasiga aynan Nyu-York shahrida asos solindi? Gap shundaki, Nyu-York bugungi kunda dunyoning eng yirik siyosiy, moliyaviy va madaniy markazlaridan biri (agar birinchisi bo'lmasa). AQSHda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), NATO, Butunjahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi kabi o'nlab insoniyat taqdirida muhim o'rin tutadigan tashkilotlar joylashgan. Qolaversa, bu erga borish barcha insonlarning orzusi. SHularni inobatga olgan holda Xalqaro Turon federaciyasi bosh qarorgohini Nyu-York shahrida ochishga qaror qilindi.

Federaciya rahbariyati oldida turgan galdagi vazifalar - Turon sporti qoidalarini xalqaro talablarga mos ravishda qayta ko'rib chiqish va zarur bo'lsa bazi o'zgarishlar kiritish, federaciya boshqaruv organini shakllantirish, ITFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yaratish va targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish, qolaversa qisqa muddatlarda Turon sportining vatani bo'lmish O'zbekistonda tarixiy birinchi Jahon kubogi musobaqasini o'tkazishdan iborat. Xullas, buyog'iga eng shimarib ishga kirishamiz. Maqsadimiz esa oliy - o'zbekning milliy sporti orqali uni jahonga yanada tanitishdan iborat. Bu yo'lda biz bilan elkadosh bo'lishni istaganlar uchun hamisha quchog'imiz ochiq, deyiladi tashkilot press-relizida.

Otabek Eshmamatov, AQSH

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing