So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

09 sen 12:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn: Fyuri - Uaylder trilogiyasi yana kechiktirilsa, Fyuri WBC kamaridan mahrum qilinishi kerak

Eddi Xirn Dillian Uayt bilan trilogiyada kamar himoyasi kechiksa, Tayson Fyuri WBC chempionlik unvonidan mahrum qilinishi kerak, deb hisoblaydi.

Fyuri, 2020 yil fevralidan boshlab, Deontey Uaylderdan WBC jahon chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng kamarni himoya qilmagan.

Uaylder bilan trilogiya 2020 yilga rejalashtirilgan edi, ammo u COVID-19 pandemiyasi tufayli bir necha bor qoldirildi. Bazi qonuniy muammolardan so'ng, trilogiya iyul oyiga qoldirildi. Keyinchalik, Fyurining COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy natija berganida jang yana bir bor ortga surildi.

To'qnashuv endi 9 oktyabr kuni Las-Vegasdagi T-Mobile arenada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uayt vaqtinchalik WBC chempioni. Agar Fyuri kamardan mahrum qilinsa, Uayt avtomatik ravishda jahon chempioniga aylanadi.

Ammo Xirnni 25 sentyabr kuni majburiy davogar Aleksandr Usik bilan jang qiladigan mijozi Entoni Joshuaning Fyuri - Uaylder jangi g'olibi bilan to'qnash kelishi ko'proq qiziqtiradi. Britaniyalik promouter trilogiya jangi yana ortga surilishidan qo'rqadi.

«Bu jang bo'ladimi? Biz Amarikadagi anonsni 16 oktabr kuni elon qilmoqchimiz va bu olti hafta davom etadi, lekin u Fyuri va Uaylder trilogiyasi kabi katta kard emas», - dedi Xirn The Sun nashriga.

"Ular chiptalarni sotishmagan va jang atrofida hech qanday shov - shuv yo'q. Ishonchim komilki, agar shunday bo'lsa, odamlarga bu yoqadi va ular tomosha qilishadi, lekin hech kim Vegasga uchmaydi. Menimcha, ikkinchi jangga kelganlarning 75 foizi Britaniyadan uchib kelganlar edi va hozir oddiy muxlislar buni qila olmaydi. Men bu uchrashuvning bo'lishini 100 foiz xohlayman. Men g'alaba qozonishni xohlayman, shuning uchun biz Entoni Joshuaning mutlaq chempionlik uchun jangini o'tkazishga harakat qilamiz. Agar bunday bo'lmasa, WBC nihoyat Fyurini tanaffusga qo'yishi kerak. Fyuri 2020 yil fevralidan buyon boks tushmagan va agar u oktyabr oyida jang qilmasa, bu kamar oxirgi marta himoyalanganiga deyarli ikki yil bo'ladi. Dillian Uayt vaqtinchalik chempion sifatida imkoniyatga loyiq edi”, - dedi Eddi Xirn.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing