So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

14 noy 09:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Egizak Karimov va yana uch kurashchimiz Polsha turnirida shohsupaga ko'tarilishdi

Yosh erkin kurashchilarimiz Polshada o'tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi, ularning bari shohsupaga ko'tarilgan.

Respublika olimpiya zaxiralari kollejining sport kurashlari bo'limida tahsil olayotgan yosh erkin kurashchilarimiz - Amirxon va Hojixon Karimov, Abdulloh Mashrabov, Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari SHohruh Raimov va Ozodbek Ozodbekov Polshada o'tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 

Etiborlisi, Sanjar Mashrabov shogirdlarining bari Polsha, Germaniya, Slovakiya, Rossiya, Moldova, Ukraina va Bolgariyadan yosh kurashchilar ishtirok etgan musobaqada shohsupaga ko'tarilgan. Egizak Karimovlar bitta vaznda qatnashib, finalga etib kelishdi. Odatga ko'ra finalda bir-birlariga qarshi gilamga chiqishmadi va oltin, kumush medallarni bo'lishib olishdi. 

SHohruh Raimov va Ozodbek Ozodbekov kumush medalni qo'lga kiritdi, Abdulloh Mashrabov xalqaro turnirning bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Endi yosh kurashchilarimiz Greciyaga yo'l olishadi. Olimpiadaning tarixiy vatanida, aniqrog'i Krit orolida o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing