So’nggi yangiliklar

19:20Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда 0 18:59Жон Жонс Емельяненко билан "Қизил майдон"да жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:38Кайо Борральо дю Плесси - Чимаев тўқнашуви учун захира жангчиси бўлади 0 18:16Анкалаев – Перейра жанги учун захира варианти маълум қилинди 0 18:14Волейбол. ЖЧ-2025. Гуруҳдаги сўнгги ўйинда Бельгияга ютқаздик 0 17:51Аёллар футболи. Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади 0 17:24Қозоғистонлик Азат Максумнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили расман эълон қилинди 0 17:01Эдди Хирн: "Ортис билан жанг албатта бўлади" 0 16:38Исроил Мадримов россиялик Жаҳон чемпиони билан жанг қилиш истагида — манба 0 16:15Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди 0 15:51UFC жангчиси Топурияга рақобат қила оладиган ягона жангчи кимлигини айтди 0 15:25Теннис маликаларимизнинг бари WTA рейтингида пастлади, тез орада Топ-1000`да бизникилардан ҳеч ким қолмайди 0 15:02Пётр Ян — Умар Нурмагомедов билан жанги ҳақида: "Бу менга нисбатан ҳурматсизлик бўларди" 0 14:40Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди - championat.asia 0 14:19Шаҳноза Мирзиёева Халқаро сузиш федерациясида лавозимга эга бўлди 0

02 mar 10:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Fiziev Dos Anos bilan jangni o'tkazib yuborishi haqida gapirdi

Qirg'izistonlik aralash yakkakurashlar ustasi Rafael Fiziev braziliyalik Rafael dos Anosga qarshi jangni bekor qilganiga izoh berdi.

"Men to'liq vayron bo'ldim, ammo Rafael dos Anos bilan jangda qatnasha olmasligimni elon qilishga majburman. Men zalda ajoyib tayyorgarlik olib borayotgandim, sizlar uchun shou ko'rsatishga tayyor edim. Tailanddan Las-Vegasga uchib keldim va koronavirus yuqtirib oldim. Uchinchi kuni haroratim yuqoriligi, suyaklardagi og'riq va yo'tal tufayli xonamda qoldim.

Sog'lig'im yaxshilanganidan keyin dos Anos bilan albatta jang qilaman. Undan kechirim so'ramoqchiman, lekin buni tilyog'lamalik deyish — mutlaqo yolg'on. Vaqt barchasini o'z o'rniga qo'yadi", - dedi Fiziev "Tvitter"dagi sahifasida.

Jang 5 mart sanasida, UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi. SHu bilan ushbu jang ikkinchi marotaba qoldirilmoqda — ilk jang 19 fevral kuni Las-Vegasda bo'lib o'tishi kerak edi, ammo qirg'izistonlik jangchida viza muammolari borligi sabab bekor bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Fiziev so'nggi jangini UFC Vegas 44 turniri doirasida yangi zelandiyalik Bred Riddelga qarshi o'tkazgan. O'shanda Rafael raqibini uchinchi raundda nokautga uchratib, g'olib bo'lgan edi. Aralash yakkakurashlarda Fiziev 12 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alabaga erishgan va bir marotaba mag'lubiyatga uchragan.

Dos Anos esa so'nggi jangini 2020 yil noyabr oyida amerikalik Pol Felderga qarshi o'tkazgan va hakamlar qaroriga ko'ra g'olib deb topilgan. Rafael aralash yakkakurashlarda jami 43 ta jang o'tkazgan. 30 ta jangda g'alaba qozongan bo'lsa, 13 tasida mag'lubiyatga uchragan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing