So’nggi yangiliklar

21:33Ёзги Универсиада: Ҳисобимизда 1 та олтин ва 2 та бронза медаллари! 0 19:14"Пол Жошуани нокаут қилади" - Тайсон Фьюри 0 18:51Хабиб ҳалиям жангларга қайтиш таклифлари бўлаётганини айтди 0 18:26Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди 0 18:01Бир ўлиб тирилган Бен Аскрен касалхонадан чиқди 0 17:40"Ҳумо"нинг россиялик собиқ матбуот котиби: "Клуб янги мавсумни ўтказиб юбориши 3 ой олдин аниқ бўлганди, лекин..." 0 17:19Иржи Прохазка ва Халил Раунтри UFC 320 турнирида жанг қилади 0 16:57Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди 0 16:40Богдан Гусков: "Мен доимо тўлиқ уч раундга тайёргарлик кўраман" 0 16:32Хабиб агар Махачев Делла Маддаленани ютса, кейинги рақиб ким бўлишини айтди 0 16:10Рейтинги йўқ 45 ёшли Винус Уильямс 21 йиллик рекордни такрорлади 0 15:48Анкалаев: "Бу сафар Перейрани нокаут қиламан" 0 15:22МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди 0 15:01Макс Холлоуэй енгил вазн рейтингида кучли тўртликка кириб олди 0 14:41Хабиб Нурмагомедов айни дамдаги энг яхши оғир вазнли ММА жангчиси ким эканини айтди 0

30 jan 14:44
Yangiliklar

SHaxmat

Gulruhbegim Tohirjonova AQSHga kim sabab ketganini aytdi

Istedodli yosh grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova o'tgan yildan etiboran AQSH terma jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Gulruhbegim Rossiyaning Sochi shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida o'tkazilgan FIDE Jahon Kubogida AQSH terma jamoasida debyut qilib, 1/32 final bosqichiga etib borgandi. 

Taqqoslash uchun, aynan shu musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasining har ikkala vakilasi - Nilufar Yoqubboeva va Umida Omonova birinchi davradayoq mag'lubiyatga uchrab, Jahon Kubogidagi ishtiroklarini yakunlashgan edi.  

Tohirjonova O'zbekistondan ketishiga kim sababchi bo'lganligiga bizga bergan intervyusida malum qildi.  

"Menga oxirgi payt O'zbekiston shaxmat federaciyasida bo'layotgan ishlar haqida jurnalistlar savollar berishyapti. SHundan kelib chiqib shu va boshqa savollarga ham javob berishga qaror qildim. 

"Rostan ham ketishingizga Federaciya raisi o'rinbosari Husan Turdaliev sabab bo'lganmi?" deb so'rashdi.

Ha, haqiqatan ham ketishimga Turdaliev va uni qilgan ishlari sabab bo'lgan. Birinchisi, meni opalarim bilan O'zbekiston terma jamoasida O'zbekiston sharafini himoya qilishimizga ruxsat berilmagan. Va hech qachon uch opa-singilda hech qaysi turnirda O'zbekiston sharafini himoya qilishga imkon bo'lmagan. Moliyaviy tarafdan 15 yil ichida federaciya tarafidan qo'llab-quvvatlanmaganmiz. Bunga o'xshash vaziyatlar ko'p va bular haqida gapirib o'tirmayman.

"O'zbekistonga qaytib kelasizmi? Qachon qaytasiz?" degan savollar ham ko'p bo'lyapti...

... Qiziqayotganingiz uchun katta rahmat. Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov federaciya rahbariyatiga kelganidan keyin juda ham katta o'zgarishlar bo'ldi. Ular juda ham yuqori darajadagi, yaxshigina mukofot jamg'armasiga ega turnirlarni tashkil qilishdi. O'zbekiston yoshlariga, mamlakat shaxmatiga bo'lgan qiziqish, munosabat o'zgardi. Juda katta qo'llab-quvvatlanish bo'lyapti. Bu o'zgarishlarni ko'rib juda ham quvondim. Men qaytishim mumkin, agar federaciyada o'zgarishlar bo'lsa. Albatta, o'z yurtim sharafini himoya qilishdan juda ham xursand bo'lardim. Lekin o'sha sharoitda men o'sishim uchun boshqa davlatga ketishim kerak degan qarorga kelgan edim.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
31 jan 18:35:55
Sport _ Muhlisi
Judayam tøģri ish qilgan. Birinchidan Opa Singillar øsha vaqtds reytingda tepada 1dan 3gacha joylashishgandi. Ikkinchidan ular rostanam musobaqaga qoida bøyicha birga ketishlari kerak edi. Reyting ochkolari sabab. Lekin federasiya faqat Gulruhni boriwini qolgan òrinlarga opalari emas. Biwqalar boriwini aytiwgan. Gulruh sønggi soniyagacha kurashdi opalari boriwi uchun. Sønggida opalarim bormasa menam bormayman degan søziga senam kerakmassan degan javobni olgan. Uchinchidan bizda shaxmat federasiya tomonidan rostanam qøllab quvvatlash yòq. Hamma turnirlar uchun tølov bor ammo sovrin arzirli emas. Chetda biror turnirga qatnashmoqchi bølsa UZbekiston nomidan qatnashishi uchunam hattoki yordam yòq. Barcha harajatlar shaxmatchining øzi tomonidan qoplanadi. Gulruh bugungi kunda AQSH termasining asosiy figurasi. Øzbekistonda qadrlanmagan yana bir kadr...
   
31 jan 09:11:17
aszmuzb
Эй қуйсангчи қанақа хиёнат, тепадагиларга мумкинми халққа хиёнат қилиш....
-2   
30 jan 15:40:20
Iymon
Nima bo'lgan taqdirda ham bu ishni qilmasligi kerak edi! Pul uchun boshqa davlat bayrog'i ostida turish bu davlatga hiyonat bilan barobardir.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing