So’nggi yangiliklar

00:28Жаҳон чемпионати: Фазлиддин Эркинбоев туркиялик рақиби устидан ишончли ғалабага эришди 0 23:21Абдумалик Халоков Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 22:22"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси Эронни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди 0 22:20Навбаҳор Ҳамидова Ливерпулдаги ЖЧни муваффақиятли бошлади 0 19:18Тўрабек Хабибуллаев ЖЧ чорак финалига йўл олди, навбатдаги рақиб Қозоғистондан бўлади 0 18:30Жозеф Паркер Фабио Уордли билан жанг қилади, сана ва манзил аниқ 0 18:09Бокс. Шавкатжон Болтаев камбэк амалга ошириб, ЖЧ учинчи босқичига йўл олди 0 17:53ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади (ФОТО) 0 17:32Алекс Перейра UFC’да вазн тоифасини ўзгартириши мумкинлигини айтди 0 17:10WTA рейтинги. Соболенко пешқадамлигини мустаҳкамлади. Тўрт теннисчимиз юқорилади 0 16:48ЖЧ-2025. Нигина Ўктамованинг ғалабали юриши давом этади: боксчимиз чорак финалга йўл олди 0 16:37Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум 0 16:16Дональд Трамп кузатган, Алькараз навбатдаги чемпионликни қўлга киритган US Open финалидан ажойиб суратлар (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:55Рой Жонс Усикни мағлуб эта оладиган боксчи кимлигини айтди 0 15:32Формула-1. Макс Ферстаппен – Италия Гран-приси ғолиби! 0

31 dek 18:07
Yangiliklar

Kurash

IKA yilning eng yaxshilarini elon qildi

Xalqaro Kurash associaciyasi 2022 yil yakunlariga ko'ra turli nominaciyalar bo'yicha yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Bugun bir yuz qirqdan ziyod mamlakatda Kurash federaciyalari faoliyat yuritmoqda. Xalqaro Kurash associaciyasi hamda unga azo Osiyo-Okeaniya, Evropa, Panamerika, Afrika kurash konfederaciyalari tomonidan mazkur sport turi bo'yicha jahon va qita chempionatlari, xalqaro turnirlar yuqori saviyada tashkil etilayotir.  

2022 yil ham kurash bo'yicha yorqin voqealarga boy bo'ldi. Janubiy Koreyaning Seul shahrida o'tkazilgan Milliy Olimpiya qo'mitalari associaciyasi (ANOC) Bosh assamblleyasi doirasida Xalqaro Kurash associaciyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o'yinlari Bosh direktori Haydar Farmon va Afrika Olimpiya qo'mitalari associaciyasi Prezidenti Mustafo Berraf o'rtasida uchrashuvda Kurashni Afrika yoshlar o'yinlari tarkibiga kiritish bo'yicha kelishuvga erishildi. 

Mazkur voqelik Xalqaro Kurash associaciyasi tomonidan yilning eng muhim voqeligi deb topildi. Endilikda Kurash bo'yicha bahslar Osiyo va Afrika yoshlar o'yinlari Dasturida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, anaviy tarzda bir necha nominaciyalarda yilning eng yaxshilari etirof etildi.

Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi– Umid Esanov, O'zbekiston.

O'zbekistonlik 81 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Umid Esanov 2022 yilda kattalar o'rtasida Tojikistonning Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionati hamda Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatida chempionlikni qo'lga kiritdi. Ahamiyatlisi, Umid Esanov chempionatlarda barcha raqiblarini sof g'alaba evaziga mag'lubiyatga uchratdi. 

Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi – Fatemeh Barmaki, Eron

Ayollar o'rtasida eng og'ir (+87 kg) vazndagi kurashchi Fatemeh Barmaki Tojikistonning Dushanbe shahrida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Hindistonda ham bor kuch mahoratini ishga soldi va Eron terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi. Uning bahslardagi bajargan usullari kurash muxlislarining olqishiga sazovor bo'ldi. 

Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi– Jeong Min Vu, Janubiy Koreya.

Kurash tarixida ilk bor Janubiy koreyalik kurashchilar Puna shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o'ringa sazovor bo'lishdi. Bu muvaffaqiyatli ishtirokda murabbiy Jeong Min Vuning xizmati katta bo'ldi. 

Kurashni rivojlantirish yo'lidagi yilning eng yaxshi milliy federaciyasi – Hindiston Kurash associaciyasi.

Yil davomida xalqaro kurash haftaligi, mahalliy va xalqaro hakamlik seminarlari, pul mukofoti turnirlari va kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatini yuqori darajada tashkil etishdagi faolligi uchun.

Kurashni rivojlantirishdagi yilning eng yaxshi Konfederaciyasi – Panamerika Kurash ittifoqi

Panamerika Kurash ittifoqi tomonidan yil davomida turli yosh toifalaridagi qita chempionatlari yuqori darajada tashkil etildi. Dominikan Respublikasi Universidasiga Kurash sportini rasman kiritilishi, Karib o'yinlari Dasturiga kurashni rasman kiritish bo'yicha amaliy kelishuv, Xalqaro Kurash instituti bilan hamkorlikdagi xalqaro kurash seminarlari muvafaqqiyatli tashkil etildi.

Yilning eng yaxshi kurash targ'ibotchisi – Xalqaro Kurash instituti

Xalqaro Kurash instituti tomonidan yil davomida 12 marta: 7 ta onlayn, 5 ta oflayn xalqaro kurash murabbiylari va hakamlik seminarlari tashkil etildi. Mazkur seminarlarda 70 dan ortiq milliy kurash federaciyasidan jami 1400 nafarga yaqin kurashchilar, turli darajadagi murabbiylar va hakamlar tahsil oldi.

Yilning eng yaxshi ayol hakami – Kayoko Moriyama, Yaponiya.

Moriyama Yaponiyada kurash hakamligi bo'yicha katta tajribaga ega. U Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionati bahslarini munosib boshqarib bordi. 

Yilning eng muhim voqeligi – Kurashning Afrika va Evropa yoshlar o'yinlari Dasturiga rasman kiritilishi bo'yicha muvaffaqiyatli kelishuvga erishilganligi.

Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi – Dilfuza Rahmatova, O'zbekiston

Kurash vatani vakillarining murabbiyi Dilfuza Rahmatovaning shogirdlari Osiyo chempionatida ham, Jahon chempionatida ham medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi erkak hakami – Ambeto Guy, Kongo

Ambeto Guy Afrika kurash chempionati va Jahon chempionatida final bahslarini munosib boshqarib bordi. SHuningdek, u Afrika qitasida hakamlik tizimini rivojlantirishda ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqda.

Yilning eng yaxshi texnikasi – Umid Esonov, O'zbekiston

Umid Esonov Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatining 81 kg vazn toifasi finalida eronlik raqibi Umid Taztakni Ichki yuklama usuli orqali mag'lubiyatga uchratdi va halol bahosini qo'lga kiritdi.

Mazkur usulni Hindistonda ham juda chiroyli tarzda takrorladi va Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'ldi.

Yilning eng yaxshi musobaqasi – kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati 

17-21 mart kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi.

CHempionatda Osiyoning 24 ta mamlakatidan 200dan oshiq kurashchilar ishtirok etdi. Bu aavalgi chempionatlarga nisbatan ikki barobar ko'p deganidir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing