So’nggi yangiliklar

19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0 19:11Андижон “Uzbekistan Judo Tour”да кучлилар аниқланди 0 18:50Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди 0 18:29"UFC мени ҳурмат қилмаяпти" - Хукер 0 18:08U-19 жаҳон чемпионати. 1/8 финалдан ўрин олган Ўзбекистон - Италия ўйини кутилганидан тез якунланди 0 17:41Икки кишининг ўлимига сабаб бўлган Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси 10 йилга қамалиши мумкин (+ВИДЕО) 0 17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди, унинг мураббийи вазиятга изоҳ берди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0

09 mar 14:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev: "Dos Anos bilan jangdan bosh tortmaganman"

Teglar :  Islam Maxachev
Engil vaznda UFC reytingida 3-o'rinni egallab turgan Islam Maxachev Rafael dos Anosning qisqa vaqt ichida u bilan jang qilish uchun bir million dollar so'ragani haqidagi gaplarni rad etdi.

Maxachevning so'zlariga ko'ra, nima uchun UFC prezidenti Dana Uayt uni jang qilishdan bosh tortganlikda ayblayotganidan hayratda va u UFC'ga qandaydir "kichik" shartni aytganini tan oladi.

"Men shunchaki UFC'ga yordam berishni va buni muxlislar uchun qilishni xohlardim. CHunki bu katta raqamli shou. SHuning uchun men tatilimni bekor qildim va Las-Vegasga qaytdim. Kichik shart qo'ydim, lekin UFC bunga yo'q dedi. Bor gap shu. Lekin men ulardan bir million dollar so'ramaganman. 

Men kurashdan voz kechmadim. Nega Dana Uayt shunday deganini bilmayman. Lekin hammasi joyida. U xohlaganini aytishi mumkin. Bu muhim emas. Har holda men bu yigitlarning barchasiga qarshi kurashaman. CHunki men divizionni tozalayman va chempion bo'laman”, - dedi rossiyalik.

UFC prezidenti Islam Maxachev o'zining navbatdagi jangini Beneil Dariushga qarshi o'tkazishini allaqachon malum qilgan edi. Biroq, rossiyalik bu holatda CHarlz Oliveyra va Jastin Getji o'rtasidagi to'qnashuv g'olibi bilan kim oktagonga chiqishini tushunmayapti.

“Bilasizmi, men Dos Anos va Moykano o'rtasidagi jangni kuzatdim va Anos mening darajamdagi jangchi emasligiga ishonch hosil qildim. Agar men ularni ursam, muxlislar ularni keksa odam deyishardi. Dana Dariush bilan jang qilishimni aytdi. Menda bu borada hech qanday muammo yo'q. Lekin keyin chempionlik uchun kurashadigan kim bo'ladi?", - deya so'ziga yakun yasadi Maxachev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing