So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

14 noy 20:48
Yangiliklar

Kurash

Jizzaxda belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi

24-27 noyabr kunlari Jizzax shahridagi "Sug'diyona" sport majmuasida ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2001-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mamlakatimiz jahonning eng sara polvonlarini kurash gilamiga chorlaydi. To'rt kun mobaynida dunyoning eng kuchli polvonlarini g'oliblik uchun bellashadi. Belbog'li kurash qoidalariga ko'ra, mazkur jahon chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarida 52, 62, 68, 75, 82, 90, 100, +100 kg. vazn toifasida, qizlar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarda 48, 52, 58, 66, 76, +76 kg. vazn toifalarida  kuch sinashishadi. 

O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti sovrini uchun Jahon chempionatida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchi 10 million so'm, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchi 7 million so'm va uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchi 5 million so'm pul mukofotiga ega bo'ladi.

Belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA), Xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (IBWA), O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko'magida o'tkaziladi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 2001-2003 yillarda tug'ilgan yigit-qizlar o'rtasidagi jahon chempionatida 30 dan ortiq davlatlardan terma jamoalarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ayni paytda Jizzax shahrida jahon chempionati munosib tarzda o'tishi uchun qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing